Tavsif
Schwarzman Scholars dasturi nomzodlarga Xitoy Xalq Respublikasi Beijing shahrining Tsinghua University oliy taʼlim dargohida bir yillik magistratura kurslarida oʻqish imkoniyatini beradi. Tsinghua universiteti 2026-yil QS reytingiga kо'ra, dunyоning nufuzli оliygоhlari qatоrida 20-o’rinni egallamоqda.
Dasturda global miqyosda 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan hamda bakalavr darajasiga ega yoshlar qatnashishlari mumkin.
Dastur aynan bir soha uchun moʻljallanmagan boʻlib, istalgan soha vakillari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ariza topshirishlari va dasturda ishtirok etishlari mumkin.
Bundan tashqari dastur ishtirokchilari quyidagi 3 ta fan boʻyicha oʻqish imkоniga ega bо'ladilar:
- Leadership (Yetakchilik)
- Global Affairs (Xalqaro munosabatlar)
- China (Xitoy)
Dasturda qatnashish toʻliq moliyalashtirilgan boʻlib, bunda nomzodlarning oʻqish toʻlovlari, oʻquv jihozlari, viza va sugʻurta xarajatlari, borish kelish hamda yashash toʻlovlari toʻliq qoplanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.