Tavsif
“Yangi O‘zbekiston” universiteti “Buyuk Allomalar Izidan” nomli fizika va kimyo fanlari bo'yicha respublika fan olimpiadasini tashkil etmoqda. Tanlov hamkorlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi.
Tanlovda barcha yuqori sinf bitiruvchilari, akademik litsey/kollej bitiruvchilari qatnashishi mumkin.
Olimpiadada umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘mni tashkil etadi.
Tanlov haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.