Sovrin jamgʻarmasi 100 mln soʻm boʻlgan sport dasturlash boʻyicha IT marafon
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 May, 2022 · Muddat tugagan

Sovrin jamgʻarmasi 100 mln soʻm boʻlgan sport dasturlash boʻyicha IT marafon

Bakalavr Xalqaro musobaqalar Bepul o'qish

Tavsif

Sport dasturlash boʻyicha IT Marafon 3-bosqichiga qabul boshlandi. Ushbu bosqichda respublika miqyosida quyidagi yosh kategoriyalar oʻrtasida oʻtkaziladi:

  • 12-17 yoshlilar;
  • 18-25 yoshlilar.

Har qaysi viloyat va OTM vakili ishtirok etishi mumkin. Yosh kategoriyasi mos kelsa yetarli. Tanlov jamoaviy oʻtkaziladi va har bir jamoada koʻpi bilan 3 kishigacha boʻlishi mumkin.

Tanlov 2-bosqichda oʻtkaziladi. Saralash bosqichi 1-iyun kuni onlayn robocontest.uz saytida oʻtkaziladi. Final bosqichi 5-iyun kuni Toshkent shahridagi TATU binosida oʻtkaziladi. Respublika bosqichiga yoʻllanma olganlar yotoq va tushlik bilan taʼminlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ikki xil yosh kategoriyada oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun yosh chegara mos kelishi yetarli:

  • 12-17 yoshlilar;
  • 18-25 yoshlilar.

Imtiyozlar va qulayliklar

Sovrinlar jamgʻarmasi quyidagicha taqsimlanadi:

1. 12 – 17  yosh oraligʻida boʻlgan barcha uchun 3 kishilik jamoalar oʻrtasida ajratilgan sovrin:

  • 1-oʻrin olgan jamoa – 12 000 000 soʻm;
  • 2-oʻrin olgan jamoa – 9 000 000 soʻm;
  • 3-oʻrin olgan jamoa – 6 000 000 soʻm;
  • Eng tez koder jamoasi – sovgʻa;
  • Enga sodda algoritm jamoasi – sovgʻa;
  • Eng yosh dasturchi jamoasi – sovgʻa.

2. 18 – 25  yosh oraligʻida boʻlgan barcha uchun 3 kishilik jamoalar oʻrtasida ajratilgan sovrin:

  • 1-oʻrin olgan jamoa – 15 000 000 soʻm;
  • 2-oʻrin olgan jamoa – 12 000 000 soʻm;
  • 3-oʻrin olgan jamoa – 9 000 000 soʻm;
  • Eng tez koder jamoasi – sovgʻa;
  • Enga sodda algoritm jamoasi – sovgʻa;
  • Eng yosh dasturchi jamoasi – sovgʻa.



Topshirish jarayoni

Ishtirok etish uchun quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtish yetarli (robocontest.uz saytida ham roʻyxatdan oʻtgan boʻlishingiz kerak va u yerdagi username ni formaga kiritasiz).

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovga oid yangiliklar va qoʻshimcha maʼlumotlarni kuzatib borish uchun ushbu telegram kanaliga aʼzo boʻling: https://t.me/robocontest.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

O‘zbekiston Sovrin jamgʻarmasi 100 mln soʻm boʻlgan sport dasturlash boʻyicha IT marafon
30 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.