Ishtirokchilardan quyidagi hujjatlarni taqdim etish soʻraladi:
-shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (final bosqichida asl nusxasi);
- oʻqish joyidan maʼlumotnoma (rasmi bilan muhrlangan holda);
- quyi bosqich bayonnomasi;
- ishtirokchi anketasi.
Turnir 4 ta yoʻnalishda oʻtkaziladi:
1️. Havaskor ayollar — FIDE reytingi yoʻq va FIDE reytingi 1500 dan kam boʻlganlar.
2. Havaskor erkak — FIDE reytingi yoʻq va FIDE reytingi 1600 dan kam boʻlganlar.
3️. Professional ayol — FIDE reytingi 1500 dan yuqorilar.
4️. Professional erkak — FIDE reytingi 1600 dan yuqorilar.
Dastur nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Turnirni oʻtkazish tartibi quyidagicha:
- Turnirlarni oʻtkazishga bevosita hakamlar hayʼati jalb etiladi.
- Turnir 5 bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich – mahalla bosqichi (1-,2-,3-oʻrin sohiblari keyingi bosqichda
ishtirok etadi);
2-bosqich – sektor bosqichi 1-oʻrin gʻolibi keyingi bosqichda
ishtirok etadi);
3-bosqich – tuman (shahar) bosqichi 1-oʻrin gʻolibi keyingi bosqichda
ishtirok etadi);
4-bosqich – hududiy bosqich 1-oʻrin gʻolibi keyingi bosqichda ishtirok
etadi);
5-bosqich – Respublika bosqichi
- Turnirning mahalla va sektor bosqichlari olimpiya tizimida tashkil etiladi. Tuman (shahar) bosqichi esa aylanma (krugovoy) tizimda boʻlib oʻtadi. Hududiy hamda Respublika bosqichlari shveysarcha tizimda (7 turda) musobaqa gʻoliblari toʻplagan ochkolari soniga qarab aniqlanadi.
- Turnirni oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan hakamlar hayʼati zimmasiga yuklatiladi.
- Hakamlar hayʼati bosh hakam, kotib, 11 nafar hakam va kompyuter operatoridan iborat boʻladi.
Eslatma! Turnir nizomiga tashkiliy qoʻmita qaroriga muvofiq, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.