Tavsif
Space Academy va Nisa Ladiesʼ School hamkorlikda ayol-qizlar uchun “Unicorn Grant” loyihasini taklif etadi. Dasturdan koʻzlangan maqsad ayol-qizlar orasida zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni oʻrganishni targʻib qilishdan iborat.
“Unicorn Grant” loyihasi kam taʼminlangan yoki boquvchisini yoʻqotgan oilalarga mansub 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi. Shu sababli, grantga aynan shu jihatlarga mos keluvchi nomzodlar qabul qilinadi.
Darslar 2022-yil 4-iyuldan boshlanadi. Umumiy grantlar soni 100 ta boʻlib, 50 tasi Toshkent shahrida oflayn va 50 tasi onlayn tarzda tarzda oʻqish uchun moʻljallangan. Biroq 50 ta onlayn grant yutgan talabalar faqat SMM kurslarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.