Tavsif
Spencer Foundation tashkilotidan taʼlimni yaxshilashga qaratilgan tadqiqot loyihalari uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi 50,000 AQSh dollari boʻlgan Small Research Grants Program tanlovini taqdim etadi.
Ushbu dasturga taklif qilinadigan loyihalar uchun maʼlum bir tadqiqot mavzusi, tartibi, dizayni, usuli yoki loyihaning geografik miqyosi boʻyicha aniq talablar qoʻyilmaydi. Tanlovni tashkil qilishdan maqsad taʼlim sohasidagi eng dolzarb mavzular boʻyicha puxta ishlangan, muvaffaqiyatga erishadigan hamda texnik jihatdan asoslangan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Dastur oʻz karyerasining turli bosqichidagi mahalliy va xalqaro miqyosdagi olimlardan innovatsion taʼlim loyihalarini kutmoqda.
Loyihalar quyidagi sohalardagi masalalarni innovatsion tarzda oʻrganishi lozim:
- Taʼlim;
- Antropologiya;
- Falsafa;
- Psixologiya;
- Sotsiologiya;
- Huquq;
- Iqtisod;
- Tarix;
- Nevrologiya.
Loyihalar maxsus mutaxassislar guruhi tomonidan 6-7 oy muddatda koʻrib chiqib saralanadi. Dastur uchun qabulning оxirgi muddati: 11-sentyabr, 2024-yil.
Maʼlumot uchun: Spencer Foundation 1971-yildan beri taʼlim sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi yetakchi tashkilot boʻlib kelmoqda va faqat taʼlim sohasidagi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yagona milliy jamgʻarma hisoblanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.