Tavsif
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi bilan hamkorlikda “Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: oʻrnak boʻladigan inson” mavzusida ssenariy tanlovini taqdim etadi.
Tanlov maqsadlari quyidagilarga qaratilgan:
- xotin-qizlarning faol siyosiy hayotga qiziqishini oshirish;
- zamonaviy yetakchi ayol obrazini yaratish;
- ijtimoiy faol ayollar, yetakchi ayollar va siyosatchilar haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirishga koʻmaklashish.
Mazkur videorolik siyosiy partiyalarning xotin-qizlar qanotini 2024-yil oktyabr oyida parlament va mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarda faol ishtirok etishga undashi kutilmoqda. Gʻolib boʻlgan ssenariydan mamlakat boʻylab koʻplab ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish maqsadida siyosat sohasidagi yetakchi ayol haqida 3-5 daqiqalik motivatsion video yaratish uchun asos sifatida foydalanish rejalashtirilgan.
Taqdim etilgan ssenariylarni baholash uchun jamiyatning turli qatlamlari, jumladan, mavzular boʻyicha ekspertlar, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati shakllantiriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.