Tavsif
AQShdagi eng nufuzli universitetlaridan biri Stanford universiteti magistratura va PhD bosqichlari uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi 3 yillik Knight-Hennessy Scholars grantini taqdim etadi. Dastur ishtirokchilari Knight-Hennessy Scholars (KHS) hamjamiyati aʼzosi sifatida turli fanlar va madaniyatlarni oʻrganish orqali oʻzlarining tajribasini yanada rivojlantiradilar. Bundan tashqari, ular King Global Leadership Program (KGLP) dasturida ham qatnashadilar hamda iqlim oʻzgarishi, sogʻliqni saqlash, hukumat, siyosat va taʼlim kabi dunyo oldida turgan muhim muammolarni oʻrganadilar va ularni hal qilish maqsadida yetakchi olimlar bilan hamkorlik qiladilar.
Har yili 100 tagacha kelajak global liderlari Knight-Hennessy scholars sifatida tanlanadi. Ular Stanforddagi barcha yetti fakultetni qamrab oladi va xilma-xil akademik tajribaga ega boʻladi.
King Global Leadership Program (KGLP): Seminarlar, maʼruzalar, loyihalar va tajribalar orqali transformatsion yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish.
Koʻp fanli yondashuv: Ijodiy muammolarni hal qilish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, samarali hamkorlik va gʻoyalarni ishonchli tarzda yetkazish.
Denning House hamjamiyati: KHS scholars uchun maxsus ajratilgan makon boʻlib, gʻoyalar va tajribalar almashish uchun markaziy hub vazifasini bajaradi.
Retreatlar va loyiha yordami: Joriy talabalar orasida aloqani mustahkamlash uchun maxsus dasturlar va retreatlar tashkil etiladi.