Tavsif
Startap loyihalari uchun maxsus gibrid dastur — Regional Startup Support Program taqdim etiladi. Dastur doirasida dastlabki 40 ta startap jamoasi saralab olinadi.
Ushbu gibrid dastur hududiy yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun moʻljallangan boʻlib, u oflayn bootcamp, onlayn mentorlik sessiyalari va yakuniy demo tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
Dastur gʻoyalar va bozorga tayyor raqamli mahsulotlar oʻrtasidagi farqni bartaraf etishga intiluvchi mentorlar hamda ekotizim yaratuvchilarining birdam jamoasidan iborat.
Dastur quyidagi tartibda olib boriladi:
- Oflayn (yuzma-yuz) bootcamp: 16-17-aprel Termizda va 23-24-aprel Fargʻonada. Ushbu 2 kunlik intensiv mashgʻulotlar mijozlarni topish (cusdev), MVPni ishalab chiqish va Lean startup metodologiyasini oʻrganishga qaratilgan.
- Onlayn (masofaviy) mentorlik: Aprel oyining oxiridan may oyining boshigacha: Sotuv/Marketing, Moliyaviy modellashtirish, Startaplar uchun AI (Sunʼiy intellekt) hamda Investitsiya jalb qilish (Fundraising) va venchur kapitalistlar (VC) bilan ishlash boʻyicha maxsus modullar.
- Demo kunlari: 13-14-may Termizda va 25-26-may Fargʻonada. Jamoalar oʻzlarining shakllantirilgan gʻoyalarini mahalliy ekotizim hamkorlari va venchur kapital vakillariga taqdim etadilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.