Tavsif
“Inno Texnopark” Respublikadagi barcha iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan startap akselerator dasturini eʼlon qiladi. Dasturda barcha yoshdagi iqtidorli va tashabbuskor fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov gʻoliblariga bir qator imtiyozlar va imkoniyatlar beriladi.
Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun buyurtmalar 2023-yil 20-iyuldan 2023-yil 5-sentabr 23:59 gacha qabul qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.