Tavsif
Startap loyihasiga ega ayol tadbirkorlar uchun Ispaniyaga oʻquv sayohati imkoniyatini beruvchi tanlov — PizzaPitch Women taqdim etiladi. Ishtirokchilar orqasidan 5 nafar nomzod saralab olinadi.
Dastur Oʻzbekistonlik ayol tadbirkorlar uchun oʻz gʻoyalarini keng omma bilan oʻrtoqlashish, biznes aloqalarini rivojlantirish va oʻz startaplarini qoʻllab-quvvatlovchi hamjamiyatga taqdimot etish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi.
Dastur davomida ishtirokchilar oʻz loyihasini tajribali tadbirkor va investorlar oldida taqdim etish, ulardan professional baho olish va biznesini kengaytirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Tadbir 2026-yil 14-mart soat 15:00 da Toshkent shahri Yunusobod tumanida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: PizzaPitch Women dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qoʻshma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.