Tavsif
RealSoft kompaniyasi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi bilan hamkorlikda StartUp tanlovini e’lon qiladi!
Tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar qatnashishi mumkin. Bunda qatnashchilar mamlakatdagi ekologik muammolardan birini hal eta oladigan IT-mahsulot, tizim yoki dasturiy ta'minotni ishlab chiqishlari va kerakli havola orqali ishlanmani yuborishlari kerak.
Taqdirlash marosimi 18-mart kuni poytaxtimizdagi Botanika bog‘ida “Realsoft EcoFest 2023” festivalida bo‘lib o‘tadi.