Tavsif
Startup Weekend — bu 54 soatga moʻljallangan intensiv dastur boʻlib, unda startapini yaratishni maqsad qilgan yoshlar startap hayotini boshdan kechirib koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Dastur davomida dizaynerlar, dasturchilar, startaperlar jamoalarga boʻlinib, non-stop rejimida oʻz gʻoyalarini sinovdan oʻtkazib, mahsulot prototipini tayyorlashlari kerak.
Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, asosiy eʼtibor gʻoyalar validatsiyasiga va jamoalarning ushbu gʻoyalar atrofida birlashishiga qaratiladi. Shu bois dastlab ishtirokchilar bir-birlari bilan oʻzaro tanishadi, vorkshoplar va loyihalar taqdimoti tashkil etiladi. Gʻoyalarini tekshirish uchun fokus guruhlari bilan suhbatlashishadi hamda turli soha professionallari- mentorlar yoʻl-yoʻriqlarini olib, oxirgi kun investorlar- hayʼat aʼzolariga taqdim etishadi.
Startup Weekend tadbiri bu safar Toshkent shaharda 5-marotaba oʻtkazilmoqda va bu safar u 2-4 dekabr kunlari Akfa Universitetida boʻlib oʻtadi. Dasturda ishtirok etish pullik. Batafsil maʼlumotni StartupWeekend.uz saytidan olishingiz mumkin. Joylar soni cheklangan.