Tavsif
POSTECH (Pohang University of Science and Technology) bu Janubiy Koreyaning Pohang shahrida joylashgan ilmiy-tadqiqot universiteti hisoblanadi. Ushbu universitet o‘zining hamkor universitetlari talabalari uchun POSTECH Summer Program dasturini e’lon qiladi. Dasturda aniq fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) kabi sohada tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ariza topshirishlari mumkin. Ushbu dastur tadqiqot qilish mahoratini rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va xalqaro maydonda tajriba oshirishni xohlovchi nomzodlar uchun mo‘ljallangan. G‘oliblarning dasturda qatnashish va turar-joy xarajatlari dastur ma’muriyati tomonidan qoplanadi. Nomzodlarda Janubiy Koreyada tadqiqot loyihalari ustida ishlash va sohaning yetakchi mutaxassislari bilan faoliyat yuritish imkoni mavjud bo‘ladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 1-martgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.