Umumiy maʻlumotlar
TechWomen - STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) sohasidagi yetakchi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatishga ko’maklashish maqsadida AQSH davlat departamentining Ta’lim va madaniy masalalar byurosi tomonidan tashkil etilgan dasturdir. Dastur xotin-qizlarga o’z karyerasini rivojlantirish, orzulari tomon intilish va o’z jamiyatlaridagi ayol va qizlarga namuna bo’lish imkoniyatini beradi.
Maqbullik shartlari
- STEM (Science, technology, engineering, math) sohasida kamida 2 yillik to’liq stavkali ish tajribasiga ega bo’lish;
Eslatma: Haq to’lanmaydigan amaliyotlar yoki shunga o’xshash 2 yillik ish tajribasi hisobga olinmaydi. - Kamida 4 yillik bakalavr darajasiga ega bo’lish;
- Ariza topshiruvchining ingliz tilini bilish darajasi (yozma va og’zaki qobilyatlari) yuqori bo’lishi;
- AQSH ga J-1 almashinuv vizasini olish talablariga mos bo’lish;
- Oxirgi 5 yil ichida Diversity Immigrant Visa (Grin karta) ga ariza topshirmagan bo’lish;
- AQSH fuqaroligi yoki doimiy rezidenti maqomiga ega bo’lmaslik.
Talablar bilan to'liq bu yerda tanishishingiz mumkin
Foydali tomonlari
- AQSH ga borish-kelish aviachiptalari;
- San-Fransisko dan Vashingtonga sayohat uchun aviachiptalar;
- San-Fransiskodagi mentorlik dasturi davomida turar joy;
- Oziq-ovqat va qo’shimcha mahsulotlar;
- Vashingtonda qolish davomida mehmonxona xarajatlari;
- Mezbon kompaniyalarga tashrif buyurgandagi transport xarajatlari;
- San-Fransisko va Vashingtondagi turli jamoaviy tadbirlarga borishdagi transport xarajatlari.
Hujjat topshirish
- 2021-yil 5-may gacha quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tiladi:
- https://apply.iie.org/apply/?sr=e7f26d8b-1a49-4955-97d9-61c373261628
- 2021-yil iyul oyida ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli o’tganlarga xabar yuboriladi;
- 2021- yil sentyabr oyida g’oliblar e’lon qilinadi;
- 2022-yil fevral-mart oylarida AQSH da TechWomen dasturi bo’lib o’tadi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Nogironligi bo’lgan xotin-qizlarning bu dasturga ariza topshirishlari rag’batlantiriladi.