STEM sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun The New York Academy of Sciences virtual mentorlik dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
02 Iyl, 2025 · Muddat tugagan

STEM sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun The New York Academy of Sciences virtual mentorlik dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Junior Academy hamda The New York Academy of Sciences birgalikda virtual dastur tashkillashtirilgan boʻlib, hozirda kuzgi dastur uchun qabul davom etmoqda. Dasturda 13-17 yosh oraligʻidagi, STEM sohasiga qiziqadigan, jamoa bilan yaxshi ishlaydigan hamda jamoa doirasida muammolarga tezkor yechim topa oladigan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Dasturda qatnashish bepul boʻlib, nomzodlar STEM sohasi mutaxassislari hamda dunyo boʻylab sanoat yetakchilari bilan birga ishlash hamda tanishish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Dastur 8-10 hafta onlayn shaklda oʻtkaziladi.

Hozirda kuzgi semestr uchun qabul davom etayotgan boʻlib, ariza topshirish jarayoni 2025-yil 1-iyulgacha, Oʻzbekiston vaqti bilan 2-iyul 08:59 gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda qatnashish vaqtida 13-17 yosh oraligʻida boʻlish lozim. Yaʼni nomzodlar 2025-yil sentyabrgacha 13ga kirgan yoki 2026-yil 18 maygacha 18 ga toʻlmagan boʻlishlari kerak. Aks holda dasturga qabul qilinmaydi;
  • Arizalar ingliz tilida topshirilgan boʻlishi kerak;
  • STEM sohasiga qiziqish boʻlishi, shuningdek, qulay, hamda jamoa bilan yaxshi ishlay olish qobiliyatiga ega boʻlish lozim;
  • Dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan talabalar bilan uchrashishga qiziqish boʻlishi kerak;
  • Junior Academy in Englishda qatnasha olish imkoniga ega boʻlish zarur;
  • Xalqaro jamoa aʼzosi sifatida qiyin muammo va masalalarni hal qila oladigan jamoa aʼzosi boʻla olish kerak;
  • 2025-yil kuzgi semestrda jamoa aʼzosi sifatida qatnasha olish imkoniga ega boʻlish zarur.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish imkoni mavjud boʻladi;
  • Dunyo boʻylab turli talabalar jamoasi bilan ishlash imkoniyati tugʻiladi;
  • STEM sohasi mutaxassislari hamda dunyo boʻylab sanoat yetakchilari bilan birga ishlash hamda tanishish imkoni mavjud;
  • Qatnashchilar eng yaxshi STEM resurslarini olish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Agar allaqachon SurveyMonkeyApply hisobingiz mavjud boʻlsa, unda ushbu havola orqali hisobingizga kirib “Apply” tugmasini bosing;
  2. Agar hali hisobingiz mavjud boʻlmasa, avval ushbu havola orqali kirib roʻyxatdan oʻting. Oʻz hisobingizni ochish arizani saqlash yoki hisobingizga istalgan paytda kirish imkonini beradi;
  3. Talabalar: ism-familiyangizni kiriting va ishlab turgan, kira oladigan e-mailingizni yozing. Chunki ushbu e-maildan siz bilan bogʻlanish uchun foydalaniladi;
  4. Ariza shaklidagi barcha qismlarni toʻldirganingizga ishonch hosil qiling;
  5. Ariza topshirish jarayonida ota-ona ruxsatnomasi shaklini ham toʻldirishingiz shart. Ota-onangiz yoki rasmiy vasiyingizning imzosi hamda arizani toʻldirgan sanani ham qoʻying. Ariza shaklidagi barcha betlarni toʻldiring;
  6. Ishingizni koʻrib chiqing;
  7. Topshirish (Submit) tugmasini bosing.

Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 1-iyulgacha, Oʻzbekiston vaqti bilan 2-iyul 08:59 gacha davom etadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnomalar bilan tanishish hamda uni boshqalarnikidan ajralib turadigan qilish uchun koʻrsatmalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 13, Max: 17

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh STEM sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun The New York Academy of Sciences virtual mentorlik dasturi
02 Iyl, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.