Tavsif
Getty Scholar dasturi sanʼat, gumanitar yoki ijtimoiy fanlar yoʻnalishida tadqiqot olib boruvchi yuqori darajali mutaxassislar, taniqli olimlar va favqulotda isteʼdodli izlanuvchichilarga oʻz sohalari boʻyicha yangi bilimlarni oʻzlashtirishlari va kashf etishlari uchun grant taklif qiladi.
Olimlar ish bilan bogʻliq majburiyatlardan ozod etilgan holda turar joy, barcha kerakli resurslar bilan taʼminlanadilar. Shuningdek, shaharning madaniy hayotidan bahra olish va ilmiy muhitga oʻzlarini baxshida etish imkonini qoʻlga kiritadilar.
Dastur bilan batafsil tanishish uchun ushbu havolani yoki bu yerda berilgan maʼlumotlarni oʻqish tavsiya etiladi.
Rezidentlik qilish muddati: 3 oydan 9 oygacha.