"Student Hack 2021" - Axborot Texnologiyalari (IT) yo'nalishida tahsil oluvchi OTM talabalari uchun hakaton musobaqasi; bosh sovrin -Dubayga sayohat
O‘zbekiston O‘zbekiston
10 Noy, 2021 · Muddat tugagan

"Student Hack 2021" - Axborot Texnologiyalari (IT) yo'nalishida tahsil oluvchi OTM talabalari uchun hakaton musobaqasi; bosh sovrin -Dubayga sayohat

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Student Hack 2021” — Axborot Texnologiyalari (IT) yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun oʻz loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etuvchi hakaton musobaqasi.

Ushbu hakaton musobaqasida ishtirokchilar oʻzlarining IT sohasidagi loyihalari va gʻoyalari ustida jamoa boʻlib ishlaydilar. Soha mutaxassislari yordami bilan loyihalarni toʻliq prototipga aylantirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Musobaqa Toshkent shahrida 12-14-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Jami 160 nafar ishtirokchi (40 ta jamoa) ishtirok etadi. Hakaton davomida ishtirokchilar jamoa bilan loyiha ustida ishlashi, taklif etilgan spikerlar bilan uchrashuvlarda qatnashishi, mentorlar bilan birga ishlashi kerak boʻladi.

48 soatlik musobaqa kun tartibi bilan rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Hakatonda 4 kishidan iborat jamoa bilan ishtirok etish mumkin;
  • Jamoaning barcha aʼzolari OTM talabasi boʻlishi kerak;
  • Yosh chegarasi mavjud emas.

Imtiyozlar va qulayliklar

3 ta gʻolib jamoalar tanlab olinadi:

  • 1-oʻrin. Dubayga sayohat;
  • 2-oʻrin. Noutbuklar;
  • 3-oʻrin. Simsiz gadjetlar toʻplami.
  • Netvorking. Hamfikrlar, ajoyib murabbiylar va soha yetakchilari bilan qiziqarli tanishuvlar.
  • Gʻoyalarni amalga oshirish. “Xom” loyihalarni haqiqiy prototiplarga aylantirish imkoniyati.
  • Yangi bilim va koʻnikmalar. Jamoada ishlash tajribasi, potensial ish beruvchilar bilan uchrashish.

Rasmiy sayt orqali batafsil maʼlumotlar bilan tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Hakatonda ishtirok etish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hakatonda jamoa boʻlib ishtirok etish mumkin. Jamoa 4 kishidan iborat boʻlishi lozim: loyiha menejeri, dasturchi, dizayner, tahlilchi (jamoa tarkibini oʻzgartirish ham mumkin).

Muhim: Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish ham mumkin. Bunda, barcha yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar 4 kishilik jamoalarga ajratib chiqiladi.

Rasmiy sayt orqali batafsil maʼlumotlar bilan tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

  • “Student Hack 2021” ning telegramdagi rasmiy kanali.
  • Tez-tez so'raladigan savollarga javoblar - FAQs.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston "Student Hack 2021" - Axborot Texnologiyalari (IT) yo'nalishida tahsil oluvchi OTM talabalari uchun hakaton musobaqasi; bosh sovrin -Dubayga sayohat
10 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.