Tavsif
The Weinstein JAMS International Fellowship Program — Weinstein JAMS xalqaro stipendiya dasturi 2018-yilda ochilgan boʻlib, AQSh fuqarosi boʻlmagan shaxslarga oʻz mamlakatlaridagi nizolarni hal etishda yordam berish uchun AQShdagi nizolarni hal qilish jarayonlari va amaliyotlarini oʻrganish imkoniyatini beradi.
Dastur nizolarni muqobil hal etish (ADR) sohasida yuqori tajribaga ega boʻlgan hamda oʻz mamlakatlarida va undan tashqarida nizolarni hal qilish boʻyicha taʼlim, oʻqitish va xizmatlarning sifatini yaxshilashga intilayotgan shaxslar uchun moʻljallangan.
Ushbu amaliyot dasturida sudya, advokat, huquq fani professorlari, sud maʼmurlari, davlat amaldorlari yoki ADR amaliyotchilarining ishtirokiga ustunlik beriladi.
Stipendiyalar bir oydan toʻrt oygacha davom etishi mumkin. Ariza beruvchilar toʻrt oydan ortiq davom etadigan faoliyatni taklif qilishlari mumkin boʻlsa-da, stipendiyani moliyalashtirish ushbu muddat (4 oy) bilan cheklangan.
Nomzodlardan quyidagilar soʻraladi:
- Hamkorlikning maqsadi;
- AQShda kutilayotgan faoliyat yoki harakatlar;
- Stipendiyaning tavsiya etilgan muddati va joylashuvi;
- Vatanga qaytgandan soʻng amaliyot qoʻllash uchun rejasi;
- Taʼlim darajasi;
- Nizolarni hal qilish boʻyicha trening va tajriba;
- Oʻz mamlakatlarida bogʻlangan tashkilotlar yoki muassasalar;
AQSHda boʻlganlarida aloqador boʻlishni kutayotgan tashkilotlar yoki muassasalar; - Soʻralgan va taklif etilayotgan byudjet mablagʻlari miqdori
- Ariza topshirilgan yoki mukofotlangan boshqa moliyalashtirish manbalari haqida maʼlumot;
- JAMS jamgʻarmasidan soʻralgan qoʻshimcha pul boʻlmagan resurslar yoki yordam;
- AQShga kirish uchun joriy viza holati (viza turi, amal qilish muddati).
Dasturning oʻtgan yillardagi gʻoliblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Amaliyot dasturi qatnashchilari $20,000 gacha boʻlgan pul miqdori bilan taʼminlanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.