Sunʼiy intellekt va matematik tilshunoslik boʻyicha "Uz-NLP Challenge" xakatoni
O‘zbekiston O‘zbekiston
21 Dek, 2022 · Muddat tugagan

Sunʼiy intellekt va matematik tilshunoslik boʻyicha "Uz-NLP Challenge" xakatoni

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

2022-yilning 23–25 -dekabr kunlari Toshkentdagi Amity Universitetida "Uz-NLP Challenge" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “UZINFOCOM” Yagona integratori boʻladi.

Xakaton – bu vaqt cheklangan musobaqa boʻlib, unda jamoalar maʼlum vaqt ichida mahsulot prototipini yoki startap loyihasini yaratishlari kerak. Ushbu xakaton yoshlar o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar doirasida tashkil etilgan, jumladan, boʻlib oʻtgan xakatonlar: Voice AI Challenge va Computer Vision Challenge.

"Uz-NLP Challenge" xakatoni sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlanadi. Shunday qilib, ishtirokchilar matn bilan, shuningdek, oʻzbek tilidagi ovoz bilan ishlaydigan mahsulotlarning prototiplarini yaratishlari kerak bo‘ladi.

Tadbir o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Tanlovning nizomi bilan ushbu havola orqali tanioshish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ishtirok etish uchun minimal yosh - 16;
  • Ishtirok etish uchun individual ravishda ariza topshirish mumkin – xakatonning birinchi kunida jamoani topish imkoniyati bilan, yoki jamoada – bir jamoada 3 tagacha ishtirokchi bilan ro'yxatdan o'tish mumkin;
  • Faqat ro'yxatdan o'tgan jamoa a'zolarigina tanlovda qatnasha oladi; bir ishtirokchi faqat bir marta ariza berishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Xakaton natijalariga koʻra, 3 ta sovrinli oʻrin eʼlon qilinadi, ular tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻlishadi.

Topshirish jarayoni

Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 21-dekabr soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Sunʼiy intellekt va matematik tilshunoslik boʻyicha "Uz-NLP Challenge" xakatoni
21 Dek, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.