Tavsif
Najot Ta’lim IT Park Uzbekistan va Jahon Banki bilan hamkorlikda sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha Mega grant e'lon qiladi.
"Uzbekistan Digital Inclusion Project" (UDIP) doirasida 300 nafar yoshlarga grant taqdim etishi rejalashtirilgan. ushbu grantning naqd 50%i qizlar uchun mo'ljallangan.
Grantning asosiy maqsadi 300 nafar iqtidorli yoshlarni Sun’iy Intellekt (ML) yo‘nalishida mutlaqo bepul o‘qitish va ularni jahon bozorida raqobatbardosh kadr qilib tayyorlashdan iborat.
Grant g'oliblarining 120 nafari Toshkent shahri va qolgan 180 nafari(60 nafardan) Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm shaharlarida tahsil oladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.