Tavsif
Shveytsariyaning Swiss Education Group alyansi ajoyib imkoniyatni eʼlon qildi. SEG alyansi quyidagi 4 ta universitetni oʻz ichiga oladi:
- Swiss Hotel Management School.
- Hotel Institute Montreux.
- Cesar Ritz Colleges Switzerland.
- Culinary Arts Academy Switzerland
Ushbu alyans orqali dunyoning top universitetlaridan birida taʼlim olishingiz mumkin. Universitetni yakunlagach 2 ta xalqaro diplomga ega boʻlasiz. Oʻqish davomida esa Four Seasons, Louis Vuitton, Cartier, hamda FIFA kabi xalqaro kompaniyalarda haq toʻlanuvchi amaliyot qilishingiz mumkin.
Taʼlimning 80% amaliyotdan iborat. Bu jarayonda talabalar tajribali mehmonxona menejerlari, restoran egalari va tadbirkorlardan tajriba olishlari mumkin. Bu esa sizga kelajakda oʻz biznesingizni boshlashda qimmatbaho resurs boʻlib xizmat qiladi.
Bitiruvchilarning 98% Ritz-Carlton, Tesla, Four Seasons, Disneyland kabi xalqaro kompaniyalardan ish takliflarini olishlari mumkin.