Tavsif
Tadbirkor ayollar uchun mukofot jamgʻarmasi $303,000 boʻlgan dastur — Ipak Yuli Bank x Sheʼs Next taqdim etiladi. Oʻz biznesini boshlash yoki rivojlantirish uchun jami 79 nafar ishtirokchi moliyaviy grant oladi.
Dasturning asosiy vazifalari:
- Ayollarga bilim, hamjamiyat va imkoniyatlarga kirish huquqini berish;
- Turli sohalardagi ayollarni birlashtirib, ilhom, muloqot va qoʻllab-quvvatlash uchun ochiq maydon yaratish;
- Ayollarning oʻz kuchiga ishonchini mustahkamlab, ularni barqaror biznes qurishga undash;
- Taʼlim, mentorlik va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali ishtirokchini oʻsish uchun zarur vositalar bilan taʼminlash.
Loyiha bosqichlari:
- Jalb qilish. Dastur tafsilotlarini eʼlon qilish va ishtirokchilarni ariza topshirishga taklif etish.
- Tanlov. Yuborilgan arizalarni koʻrib chiqish va final bosqichi ishtirokchilarini tanlash.
- Qoʻllab-quvvatlash. Tanlab olingan ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
- Tabriklash. Ishtirokchilarning yoʻlini nishonlash va ularning yutuqlarini dastur yakunlangandan keyin ham qoʻllab-quvvatlash.
Finalchilar Toshkentda boʻlib oʻtadigan Sheʼs Next Pitch Day tadbirida oʻz gʻoyalarini hakamlar hayʼati oldida taqdim etadilar va himoya qiladilar, gʻoliblar esa pul grantlariga ega boʻladilar.
Maʼlumot uchun: Sheʼs Next — Visaʼning global tashabbusi boʻlib, yuz minglab ayollarga biznesni boshlash va rivojlantirishda yordam berdi. Ipak Yuli Bank Oʻzbekistonda dasturining birinchi toʻlqinini ishga tushirishda Visaʼning bosh hamkoriga aylandi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash — Ipak Yuli Bank ESG strategiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri. Dastur Sheʼs Next tashabbusiga qoʻshilgan holda, Oʻzbekiston ayollariga shu qadamni qoʻyish, oʻsish uchun zarur boʻlgan ishonch, bilim va yordamni olishga koʻmaklashiladi. Bunda nafaqat moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, balki tadbirkorlik madaniyatga va har bir ayol uchun imkoniyatga aylanishi mumkin boʻlgan ekotizimni yaratish ham muhim.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.