Tavsif
The Founder Institute tomonidan ayol tadbirkorlarni startap yaratish jarayonidagi ilk bosqichlar bilan tanishtirish va startaplarini rivojlantirishga yordam berish maqsadida Silicon Valley 2022 va WomenTech Network loyihasi hamkorligida yozgi onlayn dastur ishga tushirildi.
Dasturning asosiy maqsadlaridan biri — texnologiya va startaplar sohasida ayollar sonini oshirish va ularga samarali startaplar qurishda, bizneslarini rivojlantirishda har tomonlama: moddiy va loyiha yaratish, rivojlantirish boʻyicha yordam berish.
Dasturda qatnashish orqali ayollar quyidagi bilim va tajribalarga ega boʻlishadi:
- Ishtirokchilar go'ya va kompaniyalari uchun uch yarim oylik tizimli loyiha ishlab chiqadilar;
- Gʻoya va kompaniyalarini rivojlantirish uchun 200 dan ortiq aniq va amaliy vazifalarni bajarishadi;
- Ishtirokchilarning bizneslari haqida mutaxassislar tomonidan aniq va xolis fikr-mulohazalar beriladi;
- Tajribali biznes egalari bilan individual va guruh boʻlib ishlash imkoniyati;
- Dastur davomida loyihaga investor boʻlish ehtimoli boʻlgan odamlar bilan tanishish;
- Bitiruvchilar uchun onlayn bitiruv marosimi tashkil qilinadi.
Arizalarni qabul qilishning ilk tugash muddati 17-aprel. Dastur 2022-yil 2-iyundan 14-sentyabrgacha boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu link orqali tanishib chiqish mumkin.