Tavsif
Unicorn Kingdom: Pathfinder Awards (UKPA) - Buyuk Britaniya Biznes va Savdo Departamenti tomonidan texnologiya sohasidagi eng istiqbolli kompaniyalarni aniqlash va namoyish qilish uchun tashkilotning birinchi global texnologik mukofoti hisoblanadi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlarning o'z biznesi bo'lishi va biznes faoliyati kamida 6 oy oldin boshlangan bo'lishi zarur. Saralab olingan nomzodlar keyingi ikki yilda Buyuk Britaniyada yashash va bizneslarini davom ettirishga tayyor bo'lishlari lozim. Tanlovda qatnashish uchun mavjud 4 kategoriyadan birini tanlash va ariza topshirish so'raladi. Dastur 3 bosqichda bo'lib, ikki bosqichi onlayn, final bosqichi esa Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadi. G‘oliblar Buyuk Britaniyada maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali tahsil olish, shuningdek, sanoat va hukumat sektorining yetakchi mutaxassislari bilan uchrashish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritishadi.
Biznesini o'stirish va kengaytirish xohishida bo'lgan nomzodlar arizalarini 2024-yil 1-martdan 30-aprelga qadar jo'natishlari mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.