Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati  — “English for Science” dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Iyl, 2024 · Muddat tugagan

Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati — “English for Science” dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining  moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “English for Science” o‘quv dasturi boshlandi.

Dasturda ingliz tilidan B1 darajaga ega boʻlgan mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishi mumkin. Darslar 6 oy davomida ingliz tilida olib boriladi.

Loyihaning asosiy maqsad va mohiyati:
– mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar va o'izga ishongan baklavrlarga yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda o‘z maqolalarini nashr etishlarida amaliy yordam berish;
– tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlar) izlashdagi faolligini oshirishga ko‘maklashish;
– yetakchi ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar) dan foydalanish ko‘rsatkichini oshirish;
–  tadqiqotchilarning yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha akademik ingliz tili bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Kurs davomida ishtirokchilar akademik ingliz tili boʻyicha saboq olish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarini xalqaro jurnallarda chop etish imkoniyatlari bilan batafsil tanishishadi.

Dastur mentorlari qatorida barcha fan sohalari bo‘yicha AQSh, Avstriya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, mamlakatlarida tahsil olgan yuqori tajribaga ega mutaxassislar (PhD, DSc) ishtirok etishadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Dasturda mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz tilini B1 darajada oʻzlashtirgan boʻlishi kerak;
  • Ilmiy natijalari va ilmiy ishlanmalarga ega boʻlishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur imkoniyatlari quyidagicha:

  • Ushbu kursda bepul ishtirok etish orqali tadqiqot yoʻnalishlari va ixtisosliklari boʻyicha akademik ingliz tili bilim va koʻnikmalarini oshirish;
  • Mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishlariga amaliy yordam berish;
  • Dastur mentorlari qatorida barcha fan sohalari bo‘yicha AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya,  Niderlandiya, mamlakatlarida tahsil olgan yuqori tajribaga ega mutaxassislar (PhD, DSc) ishtirok etishadi;
  • Tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlar) izlashdagi faolligini oshirishga koʻmaklashish;
  • Yetakchi ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan (Web of Science, Scopus, Springer, Wiley va boshqalar) foydalanish koʻrsatkichini oshirish.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar ushbu havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5

O‘zbekiston Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati — “English for Science” dasturi
09 Iyl, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.