Tadqiqotchi oʻqituvchilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi — Weiser Professional Development Fellowship
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
15 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Tadqiqotchi oʻqituvchilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi — Weiser Professional Development Fellowship

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Michigan universiteti qoshidagi Ronald va Eylin Vayser Yevropa va Yevrosiyo markazi tomonidan Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Qozogʻiston, Kosovo, Qirgʻiziston, Moldova, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari va rassomlari uchun Weiser Professional Development Fellowships dasturi taqdim etiladi.

Dastur doirasida har yili 4-6 nafar nomzod saralab olinadi va ushbu dastur 6 haftadan 3 oygacha boʻlgan qisqa muddatli tadqiqot tashriflarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Nomzodlar yoʻnalishlariga mos Michigan universitetining fakultet professor-oʻqituvchilari bilan bilan har qanday tadqiqot yoki oʻqitish sohasidagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishlari mumkin. Amaliyot dasturi barcha xarajatlarni qoplaydi. Ariza beruvchilardan, eng asosiysi, ogʻzaki va yozma ingliz tilini mukammal bilishi talab qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar roʻyxatda keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston roʻyxatda bor);
  • Talabgor oʻqitish sohasida faol ishtirok etib kelayotgan boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilida gapirish, oʻqish va yozishni yaxshi bilish talab qilinadi (malakasi tekshiriladi);
  • Ariza beruvchilar kamida doktorlik darajasi yoki kasbidan kelib chiqqan holda eng yuqori professional darajani olgan boʻlishi lozim (masalan, MFA darajasi);
  • Faoliyatini endi boshlagan yoki karyerasining oʻrta bosqichidagi yosh mutaxassislar ariza topshirishi koʻproq ragʻbatlantiriladi;
  • Michigan universiteti yuridik fakultetida loyihalar ustida ishlayotganlardan tashqari barcha arizachilarning oʻzlari Michigan universitetdan hamkor topishlari kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Borish-kelish chiptasi, turar joy, tibbiy sugʻurta xarajatlar qoplanadi;
  • Stipendiya beriladi;
  • Tadqiqot oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Nomzodning kasbiga doir maʼlumotlar;
  • Ingliz tilini bilish darajasi;
  • Taʼlim boʻyicha tajribasi;
  • Tadqiqot loyihasi;
  • Dasturda qatnashmoqchi boʻlgan maqbul vaqtlari;
  • Kerakli hujjatlarning barchasi 1 ta fayl koʻrinishida yuklanishi kerak (maksimal 10 MB):
    • Ikki sahifadan iborat shaxsiy bayonot;
    • CV;
    • Michigan universitetidagi tadqiqot oʻtkazmoqchi boʻlgan fakultet yoki hamkor oʻqituvchidan taklifnoma (elektron pochta orqali qilingan taklif);
    • Doktorlik darajasi yoki shunga teng boʻlgan darajani tasdiqlovchi diplom nusxasi;
    • Pasport nusxasi (nomzodning rasmi aks etgan qismi).
  • Imzo PDF yoki rasm koʻrinishida (maksimal 10 MB).

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 15-yanvar, 2025-yil (10:00);
  • Email: weisercenter@umich.edu;
  • Tez-tez soʻraladigan savollarga javoblar bu yerda;
  • Bu yilgi gʻoliblar 2025-yil sentyabr-dekabr yoki 2026-yil yanvar-aprel oylarida AQShga boradilar;
  • Dasturning avvalgi yillardagi gʻoliblari bilan bu yerda tanishish mumkin;
  • Ariza topshirish muddati tugaganidan 4-6 hafta oʻtgach gʻoliblar bilan bogʻlanishadi. Shundan keyin nomzodlar bilan Skype, Zoom yoki telefon orqali qisqa suhbat qilinadi. Maʼqul boʻlgan ishtirokchilar tez orada elektron pochta orqali qabul qilinganlik haqida xabar oladilar.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Sanʼat, dizayn va arxitektura, Taʼlim va tarbiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Tadqiqotchi oʻqituvchilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi — Weiser Professional Development Fellowship
15 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.