Tavsif
Ijtimoiy Siyosat Laboratoriyasi (ISLAB) tomonidan Abdul Latif Jameel Poverty Action Lab (J-PAL) bilan hamkorlikda tadqiqotchilar uchun 12 oylik onlayn dastur — Research Accelerator Residency Program taqdim etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad tadqiqot faoliyatini endi boshlayotganlarga taʼsirni baholash, ijtimoiy siyosat va rivojlanish iqtisodiyoti yoʻnalishlarida tegishli koʻnikmalarni mustahkamlashda yordam berish hamda Oʻzbekistonga oid mustaqil yoki hamkorlikdagi tadqiqot loyihalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Tanlangan ishtirokchilar mentorlik va texnik treninglarda qatnashish va MIT DEDP dasturining ayrim kurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Ushbu kurslar rivojlanish iqtisodiyoti, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda siyosat boʻyicha ilgʻor bilimlarni taqdim etadi.
Ishtirokchilar 1 ta seminar va MIT DEDP MicroMasters Program doirasidagi 2 ta onlayn kursdan iborat oʻquv dasturida oʻqishadi:
- Designing and Running Randomized Evaluations;
- Data Analysis for Social Science.
Dastur 2026-yil 12-may kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: Research Accelerator Residency Program rezidentlik dasturi nafaqat individual loyihalarni rivojlantirishga, balki mamlakatdagi tadqiqot ekotizimini mustahkamlashga, siyosatga mos va puxta tadqiqot olib boruvchi olimlar hamjamiyatini kengaytirishga hamda mintaqada taʼsirni baholash yoʻnalishida uzoq muddatli yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.