Tadqiqotchilar uchun Germaniyada 10 oylik tadqiqot o'tkazish uchun to'liq moliylashtiriluvchi Berlin deputatlar palatasi grant dasturi
Germaniya Germaniya
14 Dek, 2023 · Muddat tugagan

Tadqiqotchilar uchun Germaniyada 10 oylik tadqiqot o'tkazish uchun to'liq moliylashtiriluvchi Berlin deputatlar palatasi grant dasturi

To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Berlin Deputatlar palatasi 1994-yilda deyarli 50 yil davomida Berlin jamoat hayotining ajralmas qismi boʻlgan Ikkinchi jahon urushi ittifoqchilariga minnatdorchilik sifatida tadqiqot fondini tashkil etgan. Tadqiqot jamgʻarmasining maqsadi — Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Rossiya hamda Sovet Ittifoqining boshqa voris davlatlari bilan doʻstona aloqalarni saqlash va kengaytirishdir. Deputatlar palatasining tadqiqot jamgʻarmasi har yili bitiruvchilar va doktorantlar uchun oyiga 1100 yevrolik va fan nomzodlari uchun 1630 yevro miqdorida 10 oy muddatga 15 ta stipendiya ajratadi.

2024-2025 oʻquv yili uchun arizalarni qabul qilish muddati 2023-yil 15-dekabrgacha.  Davomiyligi: 2024-yil 1-oktabr — 2025-yil 31-iyul (10 oy).

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Eng kamida bakalavr darajasiga ega ilmiy tadqiqotchilar ariza topshirishlari mumkin;
  • Grant 25 yoshigacha bakalavr darajasini olgan, yoshi 35 dan kichik bo‘lgan malakali yosh ilmiy tadqiqotchilarga beriladi;
  • Nomzodlar o‘z davlatlarida uzoq yildan beri ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan bo‘lishlari kerak;
  • Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha grant beriladi, yo‘nalishi gumanitar va ijtimoiy soha bo‘lgan tadqiqotchilar ko‘proq qabul qilinadi;
  • Shuningdek, ilmiy ish mavzusi Berlin haqida bo‘lsa yoki Berlin universitetlaridagi sohalarga mos kelsa ustunlik beriladi

Imtiyozlar va qulayliklar

Oylik stipendiya miqdori tadqiqotchilarni darajasiga qarab farq qiladi:

  • Talaba va doktorantura bosqichida oʻquvchilar uchun: €1100, fan nomzodlari uchun - €1630 beriladi;
  • Berlin tadqiqot insituti yotoqxonasida yashash uchun - oyiga €330 stipendiya beriladi;
  • Germaniyaga safar uchun Yevropa davlatlari talabalari uchun €200, boshqa davlatlar uchun €600 miqdorida moddiy yordam beriladi. Vaziyatdan kelib chiqib bu miqdorlar o'zgarishi mumkin.

Topshirish jarayoni

Quyidagi hujjatlar nemis tilida boʻlishi soʻraladi:

  • Ariza formasi
  • CV (CV da yaqinda olingan shaxsiy rasmingiz boʻlishi soʻraladi);
  • Tadqiqot loyihasi va rejasi haqida batafsil maʼlumot;
  • Motivatsion xat;
  • Berlin universitetlari bilan boʻlgan aloqalari haqida (professorlar, leksiyalar va boshqalar);
  • 2 ta tavsiyanoma (Reference letter)
  • Univeristetdagi bitiruv baholari ko‘rsatilgan diplom, sertifikatlar.

Talab etiladigan hujjatlar va qoidalari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin:

Hujjatlar ushbu manzil yoki emailga yuborilishi mumkin

Study Foundation of the
Berlin House of Representatives
Niederkirchnerstr. 5
D-10117 Berlin
Tel. 0049-30-2325 2005

studienstiftung@parlament-berlin.de

Qo'shimcha ma'lumot

  • Qo‘shimcha ma'lumot uchun: E-mail
  • Telefon: (+4930) 2325 2005
  • Fax: (+4930) 2325 2008

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 25, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Tadqiqotchilar uchun Germaniyada 10 oylik tadqiqot o'tkazish uchun to'liq moliylashtiriluvchi Berlin deputatlar palatasi grant dasturi
14 Dek, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.