Tadqiqotchilar uchun Singapuda xarajatlari qoplnaadigan dastur — Amgen Scholars Asia Program 2026

Tadqiqotchilar uchun Singapuda xarajatlari qoplnaadigan dastur — Amgen Scholars Asia Program 2026

  • 01/11/2025 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Singapur Davlat
  • 31/01/2026 21:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 5.5

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Bakalavriat talabalari uchun dunyoning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida amaliy yozgi tadqiqot imkoniyatini beruvchi 8 haftalik intensiv dastur — Amgen Scholars Asia Program 2026 taqdim etiladi.

Dasturining asosiy maqsadi — biologiya yoki unga aloqador fanlar bo‘yicha faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan hamda magistratura yoki doktorantura orqali ilmiy faoliyatni rivojlantirishni istovchi joriy bakalavriat talabalarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Ma'lumot uchun: Amgen Scholars Program dasturi 2006-yilda AQShda, 2008-yilda Yevropada va 2015-yilda Yaponiyada ishga tushirilgan. Singapur Milliy Universiteti (NUS) esa 2018-yilda ushbu nufuzli dasturni Osiyoda taqdim etayotgan jahondagi yetakchi muassasalar qatoriga qo‘shildi.

Dastur haiqda batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob beruvchi bakalavriat talabalari bo‘lishi kerak:

  • Osiyoda joylashgan va tegishli yo‘nalishlar bo'yicha bakalavr darajasi (yoki unga tenglashtirilgan daraja) beradigan kollej yoki universitetlarda o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • Yozgi dastur boshlanishi paytida bakalavriatning kamida birinchi kursini tamomlagan bo‘lishi;
  • Yozgi dastur boshlanishidan oldin bitiruvchi bo‘lmasligi hamda dastur tugagandan so‘ng kamida yana bir semestr yoki chorak davomida bakalavr o‘qishini davom ettirishi kerak;
  • Dasturda to'liq qatnashish shart.

Asia Program dasturi uchun nomzodlardan quyidagilar ham talab qilinadi:

  • Kuchli akademik ko‘rsatkichlar ega bo‘lish;
  • PhD darajasiga ega bo‘lish istagi bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish:
    • TOEFL (iBT) bo‘yicha minimal ball – 72;
    • IELTS umumiy ko‘rsatkich – 5,5;
    • Cambridge English FCE sertifikati;
    • TOEIC umumiy bali 1095, yoki TOEIC L&R – 785, yoki TOEIC S&W – 310;
    • Yoki joriy universitetdan darslar asosan ingliz tilida o‘qitilishini tasdiqlovchi rasmiy xat.

Ishtirokchilardan quyidagilar kutiladi:

  • Singapur Milliy Universiteti tomonidan taqdim etilgan turar joyda yashash;
  • Tadqiqot guruhining kundalik faoliyatida to‘liq ishtirok etish, laboratoriyadagi barcha a’zolarning ishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va laboratoriya yig‘ilishlari yoki boshqa uchrashuvlarda qatnashish;
  • Laboratoriya ishini boshlashdan oldin xavfsizlik bo‘yicha trening va testdan o‘tish;
  • Orientatsiya, barcha majburiy konferensiyalar, faoliyatlar va ijtimoiy tadbirlarda qatnashish.
  • O‘z yozgi tadqiqot loyihasini taqdim etuvchi poster va og‘zaki prezentatsiya tayyorlash;
  • Loyiha yakunlangach yozma hisobot taqdim etish;
  • 2026-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Amgen Scholars Asia Symposiumda loyiha bilan qatnashish va taqdimot qilish.

Foydali tomonlari

Xalqaro olimlar uchun (International Scholars):

  • Turar joy bilan ta'minlanadi;
  • Sayohat xarajatlari uchun maksimal 1,500 SGD (~$1,100) miqdorida pul beriladi;
  • 8 haftalik dastur uchun 6,000 SGD (~$4,600) miqdorida stipendiya taqdim etiladi;
  • Viza uchun yordam beriladi v axarajatlari qoplanadi;

Mahalliy olimlar uchun (Local Scholars):

  • Turar joy bilan ta'minlanadi;
  • Sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • 8 haftalik dastur uchun 6,000 SGD (~$4,600) miqdorida stipendiya taqdim etiladi.

Shuningdek quyidagi afzaliklardan foydalanish mumkin:

  • Yetakchi ilmiy rahbarlar tomonidan bilim beriladi;
  • Singapur Milliy Universitetidagi magistratura dasturi imkoniyatlari bo‘yicha axborot sessiyalari o'tiladi;
  • Olimlar bilan uchrashish va muloqot qilish imkonini beruvchi seminarlar olib boriladi;
  • Kutubxona, Universitet sog‘liqni saqlash xizmati va Sport markazi kabi kampus infratuzilmalaridan foydalanish imkoniyati mavjud;
  • O‘quv sayohatlari va ijtimoiy ekskursiyalar o'tkaziladi.

Eslatma: Ba’zi xizmatlar uchun to‘lov talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kerakli hujjatlar (barcha hujjatlar PDF shaklda bo'lishi kerak):

  • Talabalik holati to‘g‘risidagi xat (Student Status Letter);
  • Akademik transkriptlar;
  • CV;
  • Shaxsiy bayonot;
  • Ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat:
  • Tavsiyanoma.

Muhim: Agar ariza talab va ko‘rsatmalarga muvofiq topshirilmasa ko‘rib chiqilmaydi. Barcha hujjatlarni ZIP FAYLga jamlash va faylni nomzodning to‘liq ismi bilan nomlangandan so‘ng yuklash lozim.

Hujjat topshirishda kerak bo'ladigan barcha qoidalar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-yanvar, 2026-yil (21:00);
  • Saralangan nomzodlar 2026-yil mart oyi o‘rtalarida xabardor qilinadi;
  • Tel: 6516 2692;
  • Email: dbssec@nus.edu.sg

Quyidagi ijimoiy tarmoqlar orqali qo'shimcha ma'lumot olish mumkin:

Singapur
Tadqiqotchilar uchun Singapuda xarajatlari qoplnaadigan dastur — Amgen Scholars Asia Program 2026

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar