Tavsif
Bakalavriat talabalari uchun dunyoning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida amaliy yozgi tadqiqot imkoniyatini beruvchi 8 haftalik intensiv dastur — Amgen Scholars Asia Program 2026 taqdim etiladi.
Dasturining asosiy maqsadi — biologiya yoki unga aloqador fanlar boʻyicha faoliyatini davom ettirmoqchi boʻlgan hamda magistratura yoki doktorantura orqali ilmiy faoliyatni rivojlantirishni istovchi bakalavriat talabalarini qoʻllab-quvvatlashdir.
Dastur 2026-yil 2-iyundan 6-avgustgacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Amgen Scholars Program dasturi 2006-yilda AQShda, 2008-yilda Yevropada va 2015-yilda Yaponiyada ishga tushirilgan. Singapur Milliy Universiteti (NUS) esa 2018-yilda ushbu nufuzli dasturni Osiyoda taqdim etayotgan jahondagi yetakchi muassasalar qatoriga qoʻshildi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.