Tavsif
Tailandda joylashgan Chulabhorn Graduate Institute (CGI) magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi CGI Scholarships grantini taqdim etadi. Dasturda qatnashishni istagan xalqaro talabalar uchun jami 15 ta joy ajratilgan.
Dastur 6 haftalik malaka oshirish kurslarini qamrab oladi, shuningdek, grant talabaning har yilgi yutuqlari koʻrib chiqilishi sharti bilan 2 yil davomida beriladi.
Grant quyidagi yoʻnalishga taqdim etiladi:
Maʼlumot uchun: Chulabhorn Graduate Institute (CGI) koʻp tarmoqli oliy taʼlim muassasasi boʻlib, 2005-yilda professor Chulabhorn Krom Phra Srisavangavadhana tashabbusi bilan tashkil etilgan. Institutning maqsadi mamlakatning barqaror rivojlanish yoʻlidagi ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish uchun olim va yetakchilarni yetishtirishdir. Ayni shu maqsadda institut yetakchi taʼlim va tadqiqot muassasalarida qoʻllaniladigan eng soʻnggi interaktiv oʻqitish usullaridan foydalanadi. Hozirda institut Applied Biological Sciences: Environmental Health, Environmental Toxicology, and Chemical Sciences boʻyicha magistrlik darajasi uchun dasturlarni taklif qilmoqda.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.