Tajribali tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada €2,300 dan boshlab oylik maosh bilan ishlash imkoniyatini beruvchi  “Globogate Recruiting GmbH” dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Tajribali tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada €2,300 dan boshlab oylik maosh bilan ishlash imkoniyatini beruvchi “Globogate Recruiting GmbH” dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Germaniyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

“Globogate Recruiting GmbH” loyihasida ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan edi.

Shu munosabat bilan Agentlik tomonidan qayta eʼlon berilmoqda.

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  • Toshkent shahrida bepul turur joy;
  • Oʻquv xonasi;
  • Oylik stipendiya;

Shuningdek “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • Nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
  • Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlar uchun talablar:

  • 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • Tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • Tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan boʻlishi (OMH bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
  • Bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
  • Nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  • Toshkent shahrida bepul turar joy, nemis tilini 10 oy davomida bepul ravishda intensiv o'qish va oylik stipendiya;

Shuningdek “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • Nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
  • Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer.

Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Nemis tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 39

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Tajribali tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada €2,300 dan boshlab oylik maosh bilan ishlash imkoniyatini beruvchi “Globogate Recruiting GmbH” dasturi
19 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.