Tavsif
Samarqandda 2026-yil 23–30 mart kunlari turar joy mikrorayonlarida “uchinchi makon”ni xaritalash dasturi oʻtkaziladi. Ijtimoiy-makonsal amaliyotlarni oʻrganish, maydon dokumentatsiyasi, xaritalash va vizual hikoya qilishni oʻrganish dasturlari. Arxitektura, shaharsozlik, sanʼat, ijtimoiy fanlar sohasidagi talabalar va bitiruvchilar qatnashishi mumkin.
Workshop yetti kun (23-20 mart kunlari) davom etadi. Ishtirokchilardan kuniga taxminan 6 soatni dala tadqiqotlariga —xaritalash va hujjatlashtirishga, shuningdek universitetda oʻtkaziladigan muhokama va tahlil ishlariga ajratish kutiladi. Workshop yakunida ishtirokchilar Samarqanddagi turar joy mikrorayonlarida joylashgan umumiy makonlarni hujjatlashtirish va asosiy xaritalash boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻladilar. Ishtirokchilar toʻplangan materiallarni tartibli va aniq taqdim etish koʻnikmalarini oʻzlashtiradilar. Workshop yakunida 30-mart kuni kichik jamoat koʻrgazmasi ochiladi. Workshop yakunida barcha ishtirokchilarga ishtirok etganlik uchun sertifikat taqdim etiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.