Talaba va bitiruvchilar uchun Saudiya Arabistonida barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi oromgoh - Photonics Summer Camp (PSC)
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
30 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Talaba va bitiruvchilar uchun Saudiya Arabistonida barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi oromgoh - Photonics Summer Camp (PSC)

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

The KAUST Photonics Summer Camp (PSC) bu Saudiya Arabistoni King Abdullah University of Science and Technology universitetining Computer, Electrical and Mathematical Sciences and Engineering fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan dastur hisoblanadi. Dastur 2026-yilning 1-30-iyul kunlari (4 hafta) bo‘lib o‘tadi va unda elektr, kompyuter injiniringi, fizika va shu kabi sohalarda bakalavr bosqichini tamomlagan, yakuniy bosqich yoki magistratura bosqichi talabalari qatnashishlari mumkin. Shuningdek, nomzodlar kamida 3.5 GPAga ega bo‘lishlari va ingliz tilida mukammal bilishlari kerak. Dasturda qatnashish uchun yashash, turar-joy, yo‘l, viza va boshqa barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi. 

Dasturga qabul jarayoni 2026-yil 31-martga qadar davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Elektr, kompyuter injiniringi, fizika va shu kabi sohalarda bakalavr bosqichini tamomlagan, yakuniy kurs yoki magistratura bosqichi talabalari qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodning GPA si 4 dan kamida 3.5 ga teng bo‘lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi darajada bilishi lozim;
  • Tadqiqot loyihalari bilan ishlash uchun kuchli qiziqishini ko‘rsata olishi kerak. 

Dastur talablari haqida ushbu havola haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur davomidagi yashash xarajatlari qoplanadi;
  • Yo‘l xarajatlari va viza bilan yordam beriladi;
  • KAUST kampusida bepul turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • Dunyoning eng yaxshi tadqiqot manbalari bilan ishlash imkoni yaratiladi.
  • Dastur so‘nggida sertifikat taqdim etiladi. 

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 

  • Nomzod tajribasi va imkoniyatlarini o‘zida aks ettirgan va yangilangan CV;
  • Nomzod so‘nggi diplomining transkripsiyasi;
  • Pasport nusxasi.

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha: 

  • Akkount yaratish: PlutoEdu Portalida ro‘yxatdan o‘ting;
  • Arizani to‘ldirish: Online ariza shaklini to‘ldiring. Bunga 5-10 daqiqa atrofida vaqt ketadi. Ariza to‘ldirish jarayonini chala qoldirib, keyinroq davom ettirish mumkin;
  • Mezbon fakultetni baholash: Tanlagan tadqiqot yo‘nalishingizni ko‘rsatish uchun mezbon fakultetni 1-3 gacha tartibda baholang;
  • Tavsiyanoma talab qilinmaydi. 

Eslatma! PlutoEdu platformasi bilan muammolar yuzaga kelgan taqdirda ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Saudiya Arabistoni Talaba va bitiruvchilar uchun Saudiya Arabistonida barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi oromgoh - Photonics Summer Camp (PSC)
30 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.