Talaba va yosh tadqiqotchilar uchun Tayvanda haq toʻlanadigan 2 oylik TIIP xalqaro amaliyot dasturi

Talaba va yosh tadqiqotchilar uchun Tayvanda haq toʻlanadigan 2 oylik TIIP xalqaro amaliyot dasturi

  • 31/12/2023 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Tayvan Davlat
  • 27/02/2024 21:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Tayvandagi Academia Sinica (Tayvan milliy tadqiqot akademiyasi) va unga hamkor universitetlar tomonidan doktorlikdan oldingi tadqiqot dasturida qatnashib ilmiy tajribalarini oshirmoqchi boʻlgan chet ellik talaba va yosh tadqiqotchilar uchun haq toʻlanadigan Taiwan International Internship Program (TIIP) xalqaro amaliyot dasturini taqdim etadi. 

Ushbu amaliyot dasturi 2 oy davom etadi. Dastur davomida gʻoliblarga oyiga 1000 AQSH dollar stipendiya beriladi, shuningdek, nomzodning yashash joyidan Tayvanda joylashgan, amaliyot oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Taypey shahrigacha boʻlgan ekonom-klass uchun aviachiptaning yarmi qoplab beriladi. Bundan tashqari, amaliyotchilar yashashi uchun talabalar kampusidan arzon narxda turar joy bilan taʼminlanadi. 

Maʼlumot uchun: TIIP (Tayvan xalqaro amaliyot dasturi) 2009-yilda asos solingan doktorlikkacha boʻlgan amaliyot dasturidir. Ushbu dastur amaliyotchilarga kelajakdagi tadqiqot ishlari yoki karyerasi davomida zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan. Dastur davomidagi intensiv amaliy mashgʻulotlar orqali TIIP amaliyotchilarning tadqiqot sohasida yoki tanlangan kasbiy yoʻlida muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi tayyorgarlik koʻrishlarini taʼminlaydi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda bakalavriatning oxirgi bosqichida va magistraturada oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin;
  • Bakalavr va magistr darajasiga ega tadqiqotchilar ham ariza topshirishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnasha oladigan darajada bilish lozim.

Quyidagilar TIIP dasturiga mos kelmaydi:

  • PhD talabalari;
  • Dasturda avval qatnashganlar;
  • Hozirda Academia Sinicaʼda faoliyat olib borayotgan xodim va tadqiqotchilar.

Foydali tomonlari

  • Oyiga 1,000 AQSH dollari miqdorida stipendiya beriladi (soliqlar bilan birga hisoblanganda);  
  • Nomzodning yashash joyidan Taypeygacha boʻlgan ekonom-klassdagi eng arzon yoʻnalish boʻyicha havo qatnovining yarmi qoplab beriladi;
  • Talabalar kampusida turarjoy hamyonbop narxda tashkil qilinadi;
  • Tayvanning eng bilimli olimlaridan ilmiy va amaliy taʼlim olish mumkin;
  • Xitoy tilini oʻrganish imkoniyati.

Eslatma: Agar amaliyotchilar bir xil joydan bitta guruhda kelsa, havo qatnovi uchun toʻlov eng past narxga asoslanadi (maksimal 500 AQSH dollari).

Dasturning maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish

Arizalar uchun qabul 2023-yil 31-dekabrdan 2024-yil 27-fevralgacha (21:00) davom etadi. Ayni shu vaqt oraligʻida dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ushbu amaliyot dasturi 2 oy davom etadi:

  • 1-guruh: 2024-yil 1-maydan 30-iyungacha;
  • 2-guruh: 2024-yil 1-iyundan 31-iyulgacha;
  • 3-guruh: 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha.

Dastur haqida batafsil ushbu ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlumot olish mumkin:

Tayvan
Talaba va yosh tadqiqotchilar uchun Tayvanda haq toʻlanadigan 2 oylik TIIP xalqaro amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar