Tavsif
Bakalavriat talablari uchun katta hajmli maʼlumotlar yoʻnalishi boʻyicha dastur — Big Data Summer Immersion at Yale (BDSY) taqdim etiladi.
Ushbu intensiv dastur katta hajmli maʼlumotlardan inson salomatligini yaxshilash maqsadida samarali foydalanish koʻnikmalarini beradi.
Dastur davomida ishtirokchilar biostatistika, statistika, muhandislik, epidemiologiya va kompyuter fanlari boʻyicha bilimlarni inson salomatligidagi dolzarb muammolar bilan birlashtirishday noyob oʻquv tajribasiga ega boʻlishadi.
Dastur sogʻliq sohasidagi katta maʼlumotlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga tayyor boʻlgan talaba va yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish uchun moʻljallangan.
Quyidagi mavzular boʻyicha maʼruzalar oʻtiladi:
- Data Acquisition;
- Database Management;
- Common computing platform;
- Data Structures;
- Data Integration and Linkage;
- Data Visualization;
- Data Ethics;
- Epidemiology;
- Probability and Statistical Inference;
- Cloud, Parallel and Distributed Computing;
- Optimization;
- Sampling Methods: MCMC;
- Medical Informatics/Computing
- Matrix Computation;
- Bias and Confounding;
- Missing Data;
- Causal Inference;
- Precision Medicine;
- Cardiovascular Health;
- Machine Learning;
- Graphical Models;
- Sparse Learning with Matrices;
- Social Network Analysis;
- Imaging.
Dastur 2026-yil 15-iyundan 24-iyulgacha AQSHning Konnektikut shtatida joylashgan New Haven shahrining Yale universitetida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.