Talabalar uchun Argentinada boʻlib oʻtuvchi 3 kunlik xalqaro forum — South American Business Forum
Argentina Argentina
12 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Argentinada boʻlib oʻtuvchi 3 kunlik xalqaro forum — South American Business Forum

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Argentinaning poytaxti Buenos-Ayres shahrida 2025-yil 1-3-avgust kunlari xalqaro forum tashkillanmoqda. Forumda dunyo boʻylab barcha bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Forum Argentina va boshqa mamlakatlardan kelgan dunyoning taniqli biznes rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtadi. Ular uch kun davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan 100 nafar taniqli talabalar guruhi bilan barqaror rivojlanish uchun haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish yoʻlida muloqot qilishadi.

Dastur davomida qiziqarli oʻyinlar, mashgʻulotlar va workshoplar oʻtkaziladi. Qolaversa, oʻz sohasi boʻyicha muvaffaqiyatga erishgan ekspertlar bilan jonli suhbatlar oʻtkaziladi, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin boʻladi. Dastur soʻnggi kunlarida ishtirokchilar oʻz ishlarini taqdim etadilar va har bir mavzu boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradigan tengdoshlari va maʼruzachilarni tinglashadi. Bundan tashqari, har bir sessiyadan soʻng qatnashchilar tengdoshlari va maʼruzachilar bilan bahslashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Forum ingliz va ispan tillarda olib boriladi. Ishtirokchilar quyidagi mavzularda oʻz fikr va gʻoyalarini almashishi mumkin boʻladi:D

  • Dilemma of deception;
  • The meaning Mirage;
  • The thread of perception.

Forumdan koʻzlangan maqsadi millatidan qatʼi nazar, hozirgi va kelajak yetakchilarni birlashtirish, muloqot va munozaralar uchun ochiq platforma yaratish, bu orqali Janubiy Amerika va dunyoning barqaror rivojlanishiga imkon beradigan rejalarni ishlab chiqishdan iborat.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodga qoʻyilgan talablar:

  • Nomzodlar dastur doirasiga tegishli sohada bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. 2024-2025-yilda о'qishni tamomlaganlar ham ishtirok etishi mumkin;
  • Forumda 1999-yil 1-yanvar sanasidan keyin tugʻilgan nomzodlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz yoki ispan tillarida erkin suhbatlasha olishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga hujjat tорshirish beрul;
  • 3 kunlik forumda bepul ishtirok etadi;
  • Bepul oziq-ovqat va turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Ichki transport xizmatidan foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Eslatma: Safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtirilmaydi. Biroq avvalgi mavsumlarda ishtirokchilar safar xarajatlarini qoplovchi usullardan foydalanishgan. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxat oʻtishlari va shaxsiy profillarini yaratishlari kerak. Shundan soʻng ariza shakli toʻldiriladi va savollarga batafsil javob yoziladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Baholash mezonlari:

  • Nomzod yoʻnalishining dasturdagi ishtirokiga aloqadorligi;
  • Savollarga javob berishda tugal va aniq fikrlar ifodasi;
  • Gʻoya logikasi uning yangicha yondashilgani va munozara qilishga arzirli ekanligi;
  • Til bilish salohiyati (Ingliz yoki ispan).

Dasturga ariza topshirishda nomzodlardan motivatsion insholar yozish soʻraladi. Ushbu havola orqali avvalgi mavsum ishtirokchilarining insholari bilan tanishib chiqish mumkin.

Dasturning avvalgi mavsum mehmonlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: sp@sabf.org.ar

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 27

  • Jins

    Erkak, Ayol

Argentina Talabalar uchun Argentinada boʻlib oʻtuvchi 3 kunlik xalqaro forum — South American Business Forum
12 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.