Talabalar uchun Asaxiy komponiyasida haq toʻlanadigan amaliyot
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Asaxiy komponiyasida haq toʻlanadigan amaliyot

Amaliyot Stipendiya

Tavsif

Asaxiy asoschisi Allayev Firuz tomonidan 4 nafar talaba uchun moʻljallangan amaliyot dasturi eʼlon qilindi. Dasturda oliygohda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Amaliyot davomida talaba ish oʻrganadi, kitob oʻqiydi, oʻz ustida ishlaydi. Talabaning oʻqib oʻrganishi, ishga kirishib olishi bilan shaxsan Firuz Allayev, shuningdek Asaxiy jamoasining top menejerlari shugʻullanishadi. Dasturda ishtirok etish uchun maxsus anketani toʻldirish talab qilinadi.

Dastur talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi. Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi. Amaliyotdan eng yaxshi oʻtganlar boʻlsa Asaxiyga ishga qabul qilinadi. Qolaversa, dastur davomida har bir talabaga oyiga 1 million soʻmdan stipendiya beriladi. Amaliyot Asaxiyning Toshkent shahri markazidagi bosh ofisida oʻtaladi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda Toshkent shahrida tahsil olayotgan har qanday talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Amaliyot talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi;
  • Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi;
  • Dasturda eng yaxshi ishtirok etganlar Asaxiyga ishga qabul qilinadi;
  • Dastur davomida har bir ishtirokchiga oyiga 1 million soʻm stipendiya beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni quyidagicha:

  • Dasturda ishtirok etish uchun maxsus anketani toʻldirish talab qilinadi;
  • Nomzod ariza toʻldirish davomida oʻz rasmini yuklashi soʻraladi;
  • Anketada turli xil mantiqiy va amaliyot saralash jarayoniga oid savollar berilgan boʻlib, ularning barchasini toʻldirish maqsadga muvofiq boʻladi.

Eslatma! Saralash jarayonida nomzodning anketadagi savollarga yozgan javobi va boshqa imkoniyatlariga eʼtibor beriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur tashkilotchisi va Asaxiy asoschisi Firuz Allayevning shaxsiy telegram kanali bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Talabalar uchun Asaxiy komponiyasida haq toʻlanadigan amaliyot
30 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.