Umumiy maʻlumotlar
Maqbullik shartlari
- Ayni paytda universitet/kollejda o'qiyotgan talaba bo'lishi yoki 2023-2024-yilda o'qishni boshlash uchun universitet qabul xatini olgan bo'lishi kerak;
- Tahsil olayotgan yoki kelajakda tahsil olishi kutilayotgan ta'lim muassasi bilan yaxshi munosabatda bo'lishi lozim;
- Elektron pochta orqali ism-familiyasi, manzili, qaysi universitet va yo'nalishda o'qishi hamda qachon o'qishni tugatishi (Yil va oy) haqida ma'lumot berishi kerak;
- 2023-yil 31-dekabr sanasigacha so'ralgan ma'lumotlarni yuborishi talab etiladi. Shu bilan birga email orqali intellektual mulk strategiyasini tavsiflovchi bo‘limni o‘z ichiga olgan biznes-rejani ham jo'natish kerak.
- Biznes-reja va so'ralgan ma'lumotlar ingliz tilida yozilishi lozim.
Eslatma: Yuborilishi kerak bo'lgan biznes-reja bugungi kundagi biznes uchun ham, kelajakda ko'zlangan biznes uchun tatbiq etilishi mumkin.
Foydali tomonlari
Mazkur tanlov g'olibiga 2000 Kanada dollari (1450 AQSH dollari) mukofot sifatida beriladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar