Talabalar uchun Boʻstonliqda xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik oromgoh — Karyera oromgohi 2025
O‘zbekiston O‘zbekiston
17 Iyl, 2025 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Boʻstonliqda xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik oromgoh — Karyera oromgohi 2025

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bakalavriat talabalari uchun 7 kunlik bepul oromgoh — Karyera oromgohi 2025 taqdim etiladi. Oʻzbekiston boʻylab 200 nafar eng faol talaba (har bir universitetdan 1 nafardan) tanlab olinadi.

Dastur davomida nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻladilar:

  • Rezyume va intervyu koʻnikmalari;
  • Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
  • Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
  • Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

Dastur 2025-yil 24-31-avgust kunlari Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dastur 2- va 3-kurs bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar ishga kirishda kerak boʻladigan koʻnikmalarni egallashga qiziqishi kerak;
  • Nomzodlar motivatsiya, yetakchilik salohiyati va faoliyati asosida tanlab olinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Turar joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • Ishga kirishda kerak boʻladigan koʻnikmalarni boʻyicha TOP mentorlar tomonidan darslar oʻtiladi;
  • Yirik kompaniyalardan spikerlar tashrif buyuradi;
  • Interaktiv oʻyin va mashgʻulotlar tashkil etiladi;
  • Oromgoh yakunida ishtirokchilar oʻz universitetlarida “Karyera Klubi” ochish va uni samarali boshqarish boʻyicha metodik va mentorlik koʻmagiga ega boʻladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Taʼlim muassasasi va kursi;
  • Nima sababdan nomzod oʻzini universitetidan ushbu oromgoh uchun eng munosib nomzod deb hisoblashi haqida;
  • Rezyume (10 MB dan oshmagan fayl koʻrinishida yuklanadi).

Dasturga qabul 2 bosqichda olib boriladi:

  • Onlayn ariza topshirish.
  • Saralanganlar suhbatga chaqiriladi.

Muhim: Ishtirokchilar barcha savollarga aniq va toʻliq javob berishlari shart!

Qo'shimcha ma'lumot

  • Ishtirokchilar soni chegaralangan. Shuning uchun arizalarni imkon boricha tez topshirish tavsiya qilinadi.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Talabalar uchun Boʻstonliqda xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik oromgoh — Karyera oromgohi 2025
17 Iyl, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.