Talabalar uchun Koreya elchixonasida sayt yurituvchi muxbir (reportyor) sifatida ishlash imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
03 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Koreya elchixonasida sayt yurituvchi muxbir (reportyor) sifatida ishlash imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

2022-yilda Koreya — Oʻzbekiston diplomatik aloqalariga 30 yil toʻlishi munosabati bilan Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi muxbir vazifasida ishlash uchun vakansiya tanlovini eʼlon qiladi.

Ushbu tanlovga barcha bakalavr va magistratura bosqichida oʻqiyotgan, koreys, rus va oʻzbek tillarini biluvchi talabalar ishtirok etishi mumkin. Nomzod muxbir (reportyor) sifatida sayt yuritish koʻnikmasiga ega boʻlishi va 1 yillik ish faoliyati davomida Koreya madaniyatiga bogʻliq postlarni tushunarli tarzda saytga joylab borishi kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodga qoʻyilgan talablar:

  • Nomzod hozirda bakalavr yoki magistratura bosqichida taʼlim olayotgan boʻlishi kerak;
  • Koreys, rus va oʻzbek tillarini bilishi lozim;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlishi, muxbir (reportyor) sifatida sayt yuritish koʻnikmasiga ega boʻlishi kerak;
  • 1 yillik ish faoliyati davomida Koreya madaniyatiga bogʻliq postlarni tushunarli tarzda saytga joylab borishi talab etiladi;
  • Koreya elchixonasining turli madaniy tadbirlari tashkiliy jarayonlarida koʻmaklashishga tayyor boʻlishlari kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

G'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Tanlov gʻoliblariga esdalik sovgʻalar va Koreya elchixonasi tomonidan maxsus diplom topshiriladi;
  • Koreya elchixonasida muxbir sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Tanlov manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov natijalari haqida har bir ishtirokchiga alohida xabar beriladi.

Muxbirlarning postlari Oʻzbekiston OAV orqali targʻib qilinishi mumkin.

Tanlov haqida batafsil rasmiy havola yoki telegram kanalda berilgan eʼlon orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Koreys tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Talabalar uchun Koreya elchixonasida sayt yurituvchi muxbir (reportyor) sifatida ishlash imkoniyati
03 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.