Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2025
Janubiy Koreya Janubiy Koreya
22 May, 2025 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2025

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Janubiy Koreyada elektrotexnika (Electrical Engineering) sohasida 1-oʻrinda, dunyoda 31-oʻrinda turadigan KAIST universitetida magistratura bosqichini oʻqishni rejalashtirayotgan yoki unga qiziqqan iqtidorli talabalar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan Kaist EE Camp 2025 yozgi maktab dasturi taqdim etiladi.

Dastur 2025-yil 25-avgustdan 26-avgustgacha Janubiy Koreyaning Daejeon shahrida joylashgan KAIST universitetining asosiy kampusida oʻtkazilishi rejalashtirilgan (Sayohat jadvallarini hisobga olgan holda, dastur davomiyligi uzaytirilishi mumkin). Dastur davomida ishtirokchilar universitet va undagi magistratura boʻyicha yoʻnalishlar hamda hujjat topshirish jarayonlari haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishadi. Bundan tashqari, hozirda universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashish va ular bilan fikr almashish imkoniyati taqdim etiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • KAIST universitetida magistratura bosqichini oʻqimoqchi boʻlgan barcha iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin;
  • Bakalavr bosqichining 4-kurs talabalariga ustunlik beriladi;
  • Nomzod kompyuter fanlari, materialshunoslik, fizika, matematika va unga yaqin sohalardan birida tahsil olayotgan boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Koreyaga borish-kelish, turarjoy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • KAIST kampusi va laboratoriyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati;
  • Universitetdagi professorlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Nomzodning shaxsiy maʼlumotlari;
  • Taʼlim olgan muassasasi nomi va joylashuvi;
  • Nomzodning yoʻnalishi;
  • Universitetni bitirgan yoki bitiradigan sanasi;
  • GPA koʻrsatkichi;
  • CV (PDF formatda);
  • Akademik transkriptlar (PDF formatda);
  • Nomzodning muvaffaqiyatini koʻrsatuvchi boshqa hujjatlar PDF formatda yuklanadi (agar boʻlsa);
  • Talabgor nima uchun KAISTga tashrif buyurishni xohlayotganini qisqacha taʼriflaydi (maksimal 3000 ta belgi).

Eslatma: Jadval tigʻiz boʻlganligi uchun nomzodlarga viza va pasportlarini oldindan tayyorlash tavsiya etiladi.

Hujjat topshirishdan oldin dastur haqidagi poster bilan ham tanishib chiqish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 23-may, 2025-yil;
  • Saralanganlarga 2025-yil 5-iyuldan kechiktirmasdan elektron pochta orqali xabar beriladi;
  • Email: eeio@kaist.ac.kr;
  • Tel: 042-350-2114;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Koreya Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2025
22 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.