Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli “Qori Niyoziy” olimpiadasiga start berildi.
21-noyabr kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar olimpiadaning asosiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.
Saralashda eng yuqori natija koʻrsatgan 25 nafar talaba oflayn tarzda oʻtadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. G'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.