Tavsif
"Mirzo Ulug‘bek vorislari" Data Science kurslari 2025-2026 o‘quv yili uchun joriy yilda 2-bosqichni tugatib, 3-bosqichga o‘tadigan talabalar uchun “Data Science Junior” kurslarini taqdim etadi. Kursda startaplar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Tanlovda shartnoma asosida onlayn yoki kvota asosida offlayn tahsil olish mumkin. 160 nafar saralab olingan kvota sohiblari dasturda bepul tahsil olish, dastur davomida ovqatlanish, rag‘bat puli va shu kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritishadi. Tanlov quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:
- Hujjatlarni baholash (onlayn – taqdim etilgan hujjat asosida);
- IQ test (xorijiy vendor yordamida – onlayn);
- Informatika va matematika bo‘yicha imtihon (offlayn);
- Suhbat va taqdimot (offlayn).
Hujjat topshirish muddati 2025-yil 10-avgust soat 23:59 gacha davom etadi.