Tavsif
Oʻzbekistonlik talabalar uchun Yandex kompaniyasidan Moskvada xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Yandex Uzbekistan taqdim etiladi.
Dastur xalqaro ahamiyatga ega kompaniyada tajriba oʻtash va bilim olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bitiruvdan soʻng barcha ishtirokchilar Oʻzbekistonga qaytadi. Eng yaxshi ishtirokchilarga Yandex Uzbekistan jamoasiga qoʻshilish taklif qilinadi.
Dasturda ikkita yoʻnalishda qatnashish mumkin:
- Backend dasturlash maktabi;
- Mobil dasturlash maktabi.
Yozgi maktab 2026-yil 1-iyuldan 21-avgustgacha Yandex kompaniyasining Moskvadagi ofisida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.