Tavsif
Coca-Cola Icecek Kazakhstan x Efes Kazakhstan x Anadolu Group tomonidan talabalar uchun mukofot jamg'armasi 6 million tenge (~$11,800) miqdoridagi An IDEA Championship tanlovi taqdim etiladi. Tanlov oflayn shaklda o'tkaziladi.
Ushbu dastur talabalarga innovatsion g‘oyalarini namoyish etish, yirik xalqaro kompaniyalar bilan ishlash tajribasini orttirish va Istanbulga borish imkoniyatini beradi. G'oyalar kompaniyani, sanoatni yoki hatto dunyoni o'zgartirishi mumkin. Dastur ana shunday g'oyalarni kuchli va amalga oshirsa bo'ladigan loyihalarga aylantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, dasturda ishtirok etish orqali eng yaxshi FMCG kompaniyalarida amaliyot o'tash imkoniyatini qo'lga kiritish mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.