Tavsif
Norvegiya fan va texnologiya universiteti tomonidan talabalar uchun Norvegiyaning Trondxaym shahrida oʻtkaziladigan xalqaro talablar festivali — ISFiT 2025 taqdim etiladi.
Bu yilgi festivalning mavzusi – POWER.
Dasturdan asosiy maqsad qiziqarli mavzularni muhokama qilish va davra suhbatlari olib borish orqali turli milliy va madaniy kelib chiqishga ega talabalar toʻplash, shuningdek, ularga fikr almashinishga imkoniyat yaratishdan iborat. Festival muhim global muammolar boʻyicha muhokamalarni ragʻbatlantirish orqali talabalar oʻrtasida muloqot va aloqalarni rivojlantirdi.
Ushbu festival 2025-yilning 13-martidan 23-martigacha boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun: ISFiT (International Student Festival in Trondheim) dunyodagi eng yirik xalqaro talabalar festivali boʻlib, ikki yilda bir marta Norvegiyaning Trondxaym shahrida bahorgi semestrda oʻtkaziladi. Birinchi ISFiT festivali 1990-yilda boʻlib oʻtgan va shundan beri dunyoning turli burchaklaridan odamlar Trondxaymda har yili ushbu bayramda qatnashish uchun yigʻilishadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.