Tavsif
Business Today tashkilotining 52-xalqaro konferensiyasi butun jahon boʻylab, bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, biznes sohasiga qiziquvchilar uchun har yili oʻtkaziladi.
Konferensiya Nyu-York shahrida 2026-yilning 6-8-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Uch kunlik konferensiyada nomzodlar dunyoga maʼlum va mashhur boʻlgan biznes egalari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bu yilgi konferensiya mavzusi “The Social Architecture".
Mazkur konferensiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Maʼruzachilar bilan qiziqarli suhbatlar va panellar;
Boshqaruv seminarlari;
Peer-to-peer tarmogʻi;
Ishga qabul qilish;
Moliyalashtirish boʻyicha raqobat.
Nomzodlarning barcha xarajatlari, jumladan, sayohat, turarjоy hamda oziq-ovqat xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.