Talabalar uchun Qozogʻistonda barcha xarajatlar qoplanuvchi Orol dengizi boʻyicha 6-xalqaro yozgi maktab dasturi
Qozog‘iston Qozog‘iston
31 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Qozogʻistonda barcha xarajatlar qoplanuvchi Orol dengizi boʻyicha 6-xalqaro yozgi maktab dasturi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Qozogʻiston-Germaniya universiteti tomonidan YuNESKO, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, GWP, IFAS, Barsakelmes davlat qoʻriqxonasi va boshqalar bilan hamkorlikda Orol dengizi boʻyicha 4-xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda. Ushbu dastur 2022-yilning 10-20-avgust kunlari Olma ota shahrida boʻlib oʻtadi.

Dasturdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston ishtirokchilari hamda suv xoʻjaligi mutaxassislari bilan aloqa oʻrnatish, mintaqaviy va transchegaraviy hamkorlik haqida koʻproq maʼlumot olish, qoʻshimcha ravishda suv resurslari sohasida oʻz salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat.

Yozgi maktab dasturida turli fanlar boʻyicha milliy va xalqaro talabalar (bakalavrlar, magistrlar va PhD) ishtirok etishi mumkin. Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzod uchun talablar:

  • 25 yoshgacha boʻlgan bakalavr, magistratura yoki PhD talabalari va yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin;
  • Rus tilini yaxshi bilish kerak. Ingliz tilini bilish afzallik beradi. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Markaziy Osiyo mintaqaviy ahvoli haqida bilimga ega boʻlishi lozim;
  • Orol dengizi bilan bogʻliq ish va/yoki tadqiqotlarda tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Yozgi maktabda olingan bilim va tajribadan foydalanishni maqsad qilgan boʻlishi zarur;
  • Dasturning 3 asosiy mavzusiga kuchli qiziqish bildirishi kerak: oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi uchun suv, yer osti suvlari, iqtisodiy farovonlik uchun suv.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur imkoniyatlari:

  • Tashkilotchilar Markaziy Osiyo davlatlaridan nomzodlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston fuqarolari uchun tadbirda ishtirok etish xarajatlarini oʻz zimmalariga oladilar
  • Ishtirokchilarning safar, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
  • Dastur davomida qatnashchilar suv resurslari sohasida oʻz salohiyatini yuzaga chiqarish hamda yangi bilimlarni egallash imkoniyatiga ega boʻladi.
  • Muhim: Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan tashqari boshqa davlat fuqarolari safar, viza, sugʻurta xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak. Boshqa xarajatlarning barchasi tashkilot tomonidan moliyalashtiriladi.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Talabalar uchun Qozogʻistonda barcha xarajatlar qoplanuvchi Orol dengizi boʻyicha 6-xalqaro yozgi maktab dasturi
31 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.